19:07 / 02.02.2016
9333

Andijon shahrida "Sunday" yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi

“Darvoza savdo” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Andijon viloyatida “Sunday” savdo majmualarining 4 tarmog‘ini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Shaharning Boburshoh ko‘chasida ish boshlagan savdo majmuasi ularning dastlabkisidir. Xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsatish servislari hamda 20 mingdan ziyod assortimentdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan majmuada 80 doimiy ish o‘rni yaratildi. Ularning aksariyati kollej bitiruvchilari hisoblanadi.

Shu kunlarda xuddi shunday savdo majmualari Andijon shahrining Amir Umarxon ko‘chasi, Shahrixon va Asaka tumanlari markazlarida ham ish boshlaydi. 

Top