18:42 / 02.02.2016
3034

AQShda samolyotlar uchun muddati cheklanmagan yo‘l chiptalari sotila boshlandi

AQShning OneGo kompaniyasi mijozlariga samolyotlar uchun doimiy yo‘l chiptalari sotib olishni taklif qildi. Hozircha aksiya faqat AQShda amal qilmoqda, ammo tashabbuskorlar taklif qilinayotgan yo‘nalish va xizmatlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

Eng arzon yo‘l chiptasining narxi oyiga 1.5 ming dollarni tashkil qiladi. Servis 500 yo‘nalish bo‘yicha 76 aeroportning xizmatlarini taklif qiladi. Markaziy shtatlar bo‘yicha limitsiz parvozlar oyiga 1950 dollarga, butun AQSh bo‘yicha parvozlar 2950 dollarga tushadi.

Yo‘l chiptasini xarid qiluvchi mijozlarga tegishli ilovani iTunes orqali ko‘chirib olish tavsiya qilinadi. Android operatsion tizimidagi telefon egalari mart oyidan ilovani Google Play orqali ko‘chirib olishi mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng turistlar tizimda ro‘yxatdan o‘tib, xaridni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Top