14:40 / 02.02.2016
2571

"Bavariya" jamoaning ichki muhiti yomonlashgani haqida nashrlarga axborot chiqargan futbolchisini aniqlamoqchi

"Bavariya" jamoasida nemis nashrlariga jamoaning ichki muhiti buzilgani, futbolchilar va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning munosabatlari yomonlashgani to‘g‘risida anonim tarzda ma'lumot bergan futbolchini aniqlash uchun harakat boshlangan. Bu haqda TZ nashri xabar tarqatgan.

Anonim tarzda ma'lumot bergan futbolchi Gvardiolaga futbolchilarning Germaniya tashqarisiga sayyohat uyushtirayotgani, futbolchilarga esa dam olish kunidagi mashg‘ulotlar yoqmayotgani yoqmayotgani haqida aytgan.

"Natijada futbolchilar klubdan elektron pochta orqali xat olishgan va endi ular ketayotgan joyini ma'lum qilishga majbur. Gvardiola uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida noxushliklar bo‘lishini istamayapti. Mutaxassis "Gamburg"ga qarshi bahsdan (2:1) oldin futbolchilardan professionalroq bo‘lishni talab qilgan. Shu bilan birga, Gvardiola futbolchilarga bo‘lgan bosimni oshirmoqda. Agar qoidalar buzilsa futbolchilar jiddiy jazolanishi mumkin", degandi manba.

Xosep Gvardiola yozda Myunxenni tark etadi va "Manchester Siti" boshqaruvini qo‘lga oladi.

Gvardiola o‘zi va shogirdlari o‘rtasidagi munosabat yomonlashgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Gvardiola Manchesterning qaysi jamoasida ishlashi ma'lum bo‘ldi

Top