12:34 / 02.02.2016
21603

Dilfuza Ismoilova, Abduvali Rajabov, Nigora Ismailova va Umida Xo‘jayeva ogohlantirildi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan bir qator xonandalar turli sabablarga ko‘ra ogohlantirildi.

“Xonandalar Jasur Umirov, Dilfuza Ismailova, Abduvali Radjabov, Oybek Alimov, Nigora Ismailova va Umida Xodjayevalar ogohlantirilganligini bildiramiz”, - deyiladi "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi matbuot xizmati xabarida.

“O‘zbeknavo” vakilining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, Dilfuza Ismailovaning ogohlantirilishiga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir qancha suratlari sabab bo‘lgan. Xonandalar Jasur Umirov, Abduvali Rajabov, Oybek Alimov, Nigora Ismailova va Umida Xodjayeva esa davlat tadbirlarida ishtirok etmagani sababli ogohlantirilgan.

Top