12:45 / 02.02.2016
6586

Euronews telekanalida Rishton kulolchiligi haqida reportaj namoyish etilmoqda

Euronews telekanali Postcards («Otkritkalar») deb nomlanuvchi ko‘rsatuvlar sikli orqali O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosini yoritishda davom etmoqda. Bu haqda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Telekanalning “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumi doirasida 1 fevral kuni «O‘zbekistondan otkritkalar: Rishton kulolchiligi» reportaji namoyish etilishi boshlanadi. Reportaj 7 fevralga qadar efirga uzatiladi", deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Rishton - Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan biri. Qadimdan bu shahar kulolchilik markazi sifatida mashhur hisoblanadi.

Top