01:02 / 02.02.2016
3107

Google quyosh panellarida ishlovchi uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan 5G-internet ulashishni rejalashtirmoqda

Project Loon loyihasi Google kompaniyasining sayyoramizning borish qiyin bo‘lgan joylariga maxsus havo sharlari yordamida internetni ulashuvchi yagona loyihasi emas. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyaning xodimlari Yer aholisini quyosh batareyalarida ishlovchi uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida 5G-internet bilan ta'minlash bo‘yicha Project SkyBender loyihasi bo‘yicha ish olib bormoqdalar. Ma'lumotlarni bunday usulda uzatish 4G LTE usulidan 40 barobar tezroq amalga oshiriladi.

Sinov paytida texnologiyaning kamchiligi borligi aniqlandi. Ta'kidlanishicha, uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan kerakli uzoqlikdagi uzatish signalini ta'minlash uchun Google fokuslangan ma'lumotlar uzatish bilan tajriba o‘tkazishi kerak, bu esa murakkkab va katta energiya sarflovchi jarayon hisoblanadi.

Ayni vaqtda sinov Nyu-Meksikoda o‘tkazilmoqda. Bu yerda Google o‘zining terminalga ega parvozlarni boshqarish markazi va 1400 kv. metrni tashkil qiluvchi angar qurdi. Uchuvchisiz parvoz qurilmalari sifatida Centaur va Titan Aerospace kompaniyasining quyosh batareyalarida ishlovchi Solara qurilmalaridan foydalanilmoqda.

Top