07:36 / 02.02.2016
3516

Niderlandiya politsiyasi burgutlarni dronlarni ushlashga o‘rgatmoqda

Niderlandiya huquq-tartibot muassasalari Guard From Above kompaniyasi bilan birgalikda kvadokopterlarni bartaraf eta oluvchi burgutlarni o‘rgatuvchi dasturni ishga tushirdilar. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Yirtqich qushlar bemalol dronlar bilan kurasha olishlari ma'lum bo‘ldi. Burgutlarning qobiliyatlarini namoyish qiluvchi videoda burgut kvadrokopterni parraklaridan ushlab, uni to‘xtatib qo‘yganini ko‘rish mumkin. G‘oya mualliflarining fikricha, burgutlar dushman dronlarini ushlash va ularni xavfsiz joyga olib borishga qodirlar. Biroq bu jarayon qushlarning o‘zi uchun qanchalik xavfsiz bo‘lishi hali aniq emas.

Nomaqbul dronlarni urib tushirish yoki qo‘ndirish bo‘yicha vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar allaqachon faol tarzda olib borilmoqda. Misol uchun, Battelle's Drone Defender miltig‘i radioto‘lqinlar yuborish bilan dronning operatordan buyruqlar ololmasligiga va yerga qo‘ndirishga imkon beradi. Dronlarni bartaraf etishning yana bir yo‘li ularni boshqa dron bilan ushlash hisoblanadi.

Top