10:00 / 02.02.2016
4669

«Nyukasl» qishki transferlar vaqtida APL klublari ichida eng ko‘p xarajat qilgan jamoa bo‘ldi

Angliya Premer ligasi klublari qishki transfer mavsumida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun jami 110,9 million funt sarfladi.

Qayd etilishicha, «Nyukasl» klubi APLda transferlar uchun eng katta miqdorda pul ishlatgan jamoa bo‘ldi - 28,5 million funt. Bu jamoa Jonjo Shelvi, Andres Taunsend va Anri Seveni sotib olgan. Bundan tashqari, Stiva Maklaren murabbiyligidagi jamoa transferlar darichasi yopilishi arafasida Seydu Dumbiyani ijaraga oldi.

Shuningdek, liganing yangi futbolchilar bilan tarkibini kuchaytirish maqsadida eng ko‘p pul sarflagan jamoalari ro‘yxati yuqorisida «Norvich» va «Uotford» joy olgan - bu jamoalar bir xilda 26,1 million funtdan sarflashgan.

Shuningdek, «Stok Siti» (18,3 mln funt), «Sanderlend» (17,3 mln funt), «Bornmut» (17,2 mln funt), «Everton» (16,5 mln funt) transferlar bozorida faol bo‘lgan.

Top