09:48 / 02.02.2016
2155

Obama kongressdan 2017 yilda saratonga qarshi kurash ishlariga sarflash uchun 755 mln dollar so‘raydi

AQSh prezidenti Barak Obama kongressga 2017 yilda saraton xastaligiga qarshi kurash doirasidagi ishlar uchun sarflashga 755 mln dollar ajratilishini so‘rab murojaat qilmoqchi. Bu haqda Oq uyga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bu mablag‘larning aksar qismi Oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini nazorat qilish hamda Sog‘liqni saqlash milliy universitetidagi tadqiqotlar uchun yo‘naltiriladi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenga bu borada topshiriq berilgan. 2016 yilgi moliyaviy byudjyet hisobidan saratonga qarshi kurash ishlari uchun 195 mln dollar ajratilgandi.

Obama o‘zi tirikligida AQShda saratonga davo topilishidan umid qilmayapti

Top