18:57 / 02.02.2016
2722

Piter Odemvingi: Biz bilgan «MYu» o‘tmishda qoldi

Angliyaning «Stok Siti» klubi hujumchisi Piter Odemvingi «Manchester Yunayted»ga qarshi «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan raqib jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hozirgi «MYu» – oldin bo‘lgan jamoa emas. Ularda oldin bo‘lgan mashhur nomlar, oldingi darajadagi futbolchilar yo‘q.

Ular oldingiga nisbatan solishtirganda ancha imkoniyati cheklangandek ko‘rinmoqda.

Bu klub uchun burilish davri. Ularda kerakli resurs bor. Ular to‘g‘ri tanlov qilishi va qiyin vaziyatdan chiqib, yuqori darajaga qaytishga harakat qilishi kerak.

Bu klubning darajasi ancha yuqori edi, ularda yetakchilar bor edi. Ular yetakchilarning barchasini yo‘qotishdi. Agar bir avlod yo‘qotilsa, yangisini yig‘ish oson bo‘lmaydi.

O‘ylaymanki, ular bu vaziyatdan chiqib, qayta tiklanishga muvaffaq bo‘lishadi», – deya ta'kidladi asli O‘zbekistonda tug‘ilgan nigeriyalik futbolchi.

Top