11:39 / 02.02.2016
2786

The Guardian: «Manchester Siti» Gvardiolaga yiliga 20 mln emas, 26,5 mln yevro maosh to‘laydi

Ayni vaqtda «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi hisoblangan, mavsum yakunlangach, Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi boshqaruviga boradigan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola yangi jamoasida yiliga 26,5 mln yevrodan iborat maosh oladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, The Times «Manchester Siti» rahbariyati ushbu murabbiyga 3 yil davomida 20 mln yevrodan maosh to‘lashi haqida xabar qilgandi.

Qayd etish kerakki, Gvardiola hozirgi jamoasi «Bavariya»da yiliga 12,9 mln yevro maosh oladi.

Shuningdek, Gvardiola yozda «Manchester Siti» tarkibini kuchaytirish uchun rahbariyatda 198 mln yevro olishi aytilgan.

Gvardiola Manchesterning qaysi jamoasida ishlashi ma'lum bo‘ldi

Manuel Pellegrini: O‘rnimga Gvardiola kelishi haqida 1 oy oldin bilardim

Top