20:04 / 02.02.2016
2638

Toshkentda sog‘lomlashtirish haftaligi boshlandi

Toshkentdagi ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikalari va birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida an'anaviy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik boshlandi.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirga tuman tibbiyot muassasalarining tor mutaxassislari, oila shifokorlari bilan bir qatorda Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, OITSga qarshi kurash markazi, Salomatlik va tibbiy statistika instituti Toshkent shahar filialining malakali shifokorlari, Ona-bola skrining xizmati vakillari ham jalb etildi.

O‘zA ma'lum qilishicha, haftalik mobaynida tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda targ‘ibot-tashviqot ishlari ham o‘tkaziladi. Belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, nikohlanuvchilarni tibbiy ko‘rikka jalb etishning ahamiyati, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari, OIV, giyohvandlik va boshqa illatlarning kelajak nasllar salomatligiga salbiy ta'siri xususida muloqotlar uyushtiriladi.

Top