Turkiyaning Qishloq xo‘jaligi vaziri Faruk Chelik Anqara Rossiya bug‘doyi importidan voz kechib, uning iqtisodiyotiga milliard dollar zarar yetkazishi mumkinligini aytib o‘tdi. Vazirning so‘zlari Hurriyet gazetasida 1 fevral kuni chop etildi.
“1 yanvardan Rossiyaga meva-sabzavotlar eksport qilish to‘xtatildi. Rossiya bizdan bir yilda 750 million dollarlik meva va sabzavot sotib oladi. Bizning xarid esa 1,1 milliard dollarlik bitta pozitsiya – bug‘doydan iborat. Agarda biz Rossiyadan uning importini taqiqlasak, ko‘proq zarar yetkazgan bo‘lamiz. Biroq biz buni qilmaymiz, biz sabrliroqmiz”, - dedi u.
Chelikning qo‘shimcha qilishicha, bo‘lib o‘tgan ishlar uchun fermerlar tovon to‘lamasliklari lozim.