17:58 / 02.02.2016
7767

Turkmaniston prezidenti xalq maqollari va tez aytishlari muallifiga aylandi

Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Paýhas çeşmesi (Donolik manbai) nomli kitobi taqdim etildi. Bu haqda Turkmenistan.ru sayti xabar bermoqda.

Marosim Merosni asrash yiliga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi doirasida o‘tkazildi.
“Taqdimot ishtirokchilari o‘z ichiga turkman xalq maqollari va tez aytishlarini olgan “Donolik manbai” kitobi turkman xalqining boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o‘tishdi”, - deyiladi xabarnomada.

Berdimuhamedovning yangi kitobidan o‘rin olgan maqol va tez aytishlar bir qancha mavzuviy guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, turkman xalqining odob-axloqi, falsafasi, dunyoqarashi, inonchlarini aks ettiradi.

Bu Turkmaniston rahbarining birinchi ijodiy yutug‘i emas. 2015 yil oktabrida Mustaqillik kuniga atalgan konsertda uning so‘zlari va musiqasi asosidagi “Olg‘a! Faqat olg‘a, jonajon Turkmaniston!” qo‘shig‘i yangragan edi.

Top