09:31 / 02.02.2016
2652

WhatsApp foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg WhatsApp messenjerining butun dunyodagi foydalanuvchilari soni 1 milliardlik chegaradan oshganini ma'lum qildi. Tsukerberg o‘z sahifasida messenjer asoschisi Yan Kum va Brayan Ekton hamda maqsadga erishishda ko‘maklashgan barchani tabrikladi.

U WhatsApp jamiyati 2014 yilda Facebook tuzilmasi safiga qo‘shilganidan so‘ng ikki barobarga ko‘payganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. “Dunyoda millirdan ziyodroq odamlarni o‘zaro bog‘lagan bir nechagina xizmatlar bor. Bu — butun dunyoni birlashtirishga eltadigan muhim qadamdir”, - deya qayd etdi Tsukerberg.

Top