17:51 / 02.02.2016
4849

WSJ: Afg‘oniston toliblarga qarshi kurash uchun AQShdan ko‘proq yordam so‘ramoqda

Afg‘oniston hukumati AQShdan toliblar bilan kurashda ko‘proq aralashishini so‘ramoqda, deb yozdi The Wall Street Journal.

Afg‘oniston bayonotiga ko‘ra, mamlakat Hilmand provinsiyasida toliblar hamda narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda AQShning maxsus qo‘shinlari yordamiga muhtoj.

Bunday yordam bilan chiqishga toliblar bir qancha harbiy operatsiyalar natijasidan bir qism hududni o‘ziga qaytarib olgani sabab bo‘lgan. Biroq AQSh Afg‘onistonga yordam berishga shoshilgani yo‘q, deb yozmoqda nashr.

“Bizda “Tolibon” tahdidini yo‘q qilish imkoni bor. Ammo yangi qoidalar qo‘llarimizni bog‘laydi”, - dedi amerikalik ekspert. Eslatib o‘tamiz, AQShning Afg‘onistondagi aralashuv siyosati bir yil muqaddam AQSh va uning ittifoqchilari jangovar vazifani bajarib, afg‘on qurolli kuchlarini tayyorlash bo‘yicha yangi missiyaga o‘tilganda o‘zgargan edi.

Top