15:23 / 02.02.2016
3066

Zlatan Ibrohimovich «PSJ» futbolchilari avtobusini qo‘riqlab ketish vaqtida avariyaga uchragan politsiyachini borib ko‘rdi

Fransiyaning «PSJ» va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich parijlik futbolchilarning xavfsizligi uchun uchrashuvlardan biriga kuzatib kelish jarayonida jabrlangan politsiya xodimini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar tarqatdi.

Hujumchi huquq-tartibot idoralari xodimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida unga uning Shvetsiya milliy terma jamoasi safida kiygan libosini sovg‘a qilgan.

Eslatib o‘tamiz, politsiya xodimi Fransiya chempionatining «Sent-Eten»ga qarshi uchrashuvida mehmon jamoa joylashgan avtobusga yo‘lboshchilik qilb kelayotgan chog‘ida yo‘l transport holatiga uchragan va shifoxonaga yotqizilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra uning ahvoli og‘ir holatda.

Top