18:48 / 03.02.2016
2960

2015 yilda yaratilgan ish o‘rinlarining 728 mingdan ziyodi mikrofirmalar, yakka tadbirkorlik, uy mehnati va boshqalar hissasiga to‘g‘ri keldi

2016 yil 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan ta'minlash, va mehnat muhofazasi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” mavzusidagi matbuot anjumanida 2015 yil bandlik dasturi ijrosi haqida ma'lumot berib o‘tildi.

Vazirlikning Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Avezov “Ish o‘rinlari tashkil tashkil etish va aholini bandligini ta'minlash” dasturining bajarilishi va bandlikning samarali shakllarini rivojlantirish maslasiga to‘xtalar ekan hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 990 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilib, dastur 100,3 foizga bajarilganini aytib o‘tdi. Bunda, maqsadli dasturlarga muvofiq 262 mingta, jumladan sanoatda – 116 mingta, xizmat ko‘rsatish va servisda – 67 mingta, qishloq xo‘jaligida – 49 mingta ish joylari tashkil etildi

Dastur ijrosida asosiy e'tibor - kichik biznesga qaratilgan bo‘lib, kichik korxona va mikrofirmalar, yakka tadbirkorlik, uy mehnati, dehqon va fermer xo‘jaliklarida jami 728 mingdan ziyod kishining bandligi ta'minlandi (bu yaratilgan ish o‘rinlarining 74 foiziga teng bo‘ldi). Joriy yilning o‘tgan davrida 1208 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi va ularda 53 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 62 ming kishiga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, hududiy mehnat organlarining inspektorlari mahallalarda yurib, ishsiz bo‘lgan va ish qidirayotgan 284 mingga yaqin fuqarolarni ishga joylashishiga ko‘maklashildi, ulardan 90 ming nafari ijtimoiy muxofazaga muxtoj axolini tashkil etadi.

Ishsizlarning mehnat bozoridagi raqobatga bardoshligini kuchaytirish va ish bilan ta'minlash maqsadida 7,3 ming nafar ishsiz fuqaro iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga tayyorlandi va qayta tayyorlandi. Bundan tashqari, 1,5 ming nafar ishsiz “Usto-shogird” usulida milliy hunarmandchilikning turlari kasblar bo‘yicha o‘qitildi va o‘rgatildi.

Korxonalar bilan hamkorlikda 8 ming nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Top