22:14 / 03.02.2016
2890

Alan Pardyu: Hakamlar «Kristal Pelas» futbolchilariga suiqasd qilishsagina, qizil kartochkani cho‘ntakdan chiqarishsa kerak

«Kristal Pelas» jamoasi bosh murabbiy Alan Pardyu Angliya chempionati doirasidagi o‘yinlarni boshqaradigan hakamlarning adolatsizligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men avvalgi turda «Stok Siti»ga qarshi o‘yinimiz (Angliya ligasi kubogi doirasida Yoxan Kabayga qarshi qo‘pollik - tahririyat) vaqtida raqiblar a'zosi Stiven Ayrlendning qo‘polligiga hakam Mark Klattenburg tomonidan nega ko‘z yumilgani borasida hakamlar korpusi rahbari Mayk Rayli bilan gaplashdim.

«Kristal Pelas» jamoasi o‘yinlarida hakamlar hech qachon raqib futbolchilariga qizil kartochka ko‘rsatishmaydi, hech qachon. Balki, ular futbolchilarimizdan birini o‘ldirishsagina cho‘ntaklaridan qizil kartochkani chiqarishar.

«Bornmut» bilan o‘yinda ham Jordan Match ishtirokidagi vaziyatni eslang. Yana bir yoqimsiz qaror.

Shanba kuni Ayrlendga qizil kartochka ko‘rsatish shart edi. Rayli ham mening bu fikrimga qo‘shilishini bildirdi. Ehtimol, qachondir bizning jamoa o‘yiniga ham yaxshi saviyadagi hakam tayinlanib qolar..", deydi murabbiy.

Top