Internetda Chimkentda hibsga olingan tadbirkorning qizining tug‘ilgan kunidan olingan video paydo bo‘ldi
Internetda yaqinda Chimkentda hibsga olingan, pivo ishlab chiqaruvchi zavod egasi To‘xtar Tuleshovning kichik qizining tug‘ilgan kuni videosi paydo bo‘ldi.
Videoda tug‘ilgan kun "Uzuklar hukmdori" filmidagi uslubda o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Tug‘ilgan kuni bo‘layotgan qizcha filmdgi asosiy ayol qahramonlardan biri – elflar malikasi Arven, qizchaning otasi esa elflar qiroli Elronda qiyofasida bo‘lgan.
Tug‘ilgan kun mehmonlari ham filmdagi qahramonlar – elflar, xobbitlar, orklar, sehrgarlar va qora otliqlar qiyofasida bo‘lganlar. Tantana turli dekoratsiyalarda o‘tgan: sirli daraxtlar lavhalari urush sahnasi, daryo bo‘ylab oqish esa "xobbitlar qishlog‘i"dagi o‘tirishlar bilan almashgan.
Shuningdek, tantanaga taklif qilingan artistlar orasida Rossiyaning M-Band guruhi ham bo‘lgan.
To‘xtar Tuleshov 30 yanvarda Chimkentda o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida yana 3 kishi bilan birga hibsga olingandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40