18:47 / 03.02.2016
8192

Toshkent shahrida yangi shaxmat maktabi ochildi

Toshkentda bolalar va o‘smirlarni o‘qitishga ixtisoslashgan Respublika shaxmat maktabiga yosh shaxmatchilar qabul qilinishi boshlandi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Manbaning yozishicha, «Bo‘zsuv» kanali (Anhor) bo‘yida joylashgan bino aynan yosh shaxmatchilarning bilim olishi uchun xizmat qiladi. Ertaga yangi binoda 8,10, 12 yoshli bolalar ishtirokida yangi musobaqa boshlanadi.

Maktab ma'muriyati aynan 4 fevraldan boshlab yosh shaxmatchilarni qabul qilishni boshlashlari haqida ma'lum qilgan.

Top