11:57 / 04.02.2016
3077

Agrobank 2015 yil yakunlariga ko‘ra «Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo‘lgan bank» nominatsiyasida g‘olib chiqdi

Mamlakatimiz Prezidentining «Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» gi Qaroriga muvofiq respublika tijorat banklari o‘rtasida 2015 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda jami 26 ta tijorat bankining 854 ta filiali, 4 295 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo‘lgan bank» nominatsiyasida “Agrobank” ATB g‘olib deb topildi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o‘zining muassasalariga ega bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman (shahar) filiali, 301 ta minibanki, 251 ta maxsus kassasi, 188 ta shoxobchasi orqali qariyb 300 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 3 millionga yaqin jismoniy shaxslarga zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Bank o‘z faoliyati davomida asosiy urg‘uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog‘i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko‘paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjyetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.

Top