16:01 / 04.02.2016
3998

Alphabet eng qimmat kompaniya maqomini bir kun ushlab tura oldi xolos

Apple kompaniyasi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida yana Alphabet`ni ortda qoldirdi. Bu haqida CNBC xabar bermoqda.

Google tarkibiga kiruvchi Alphabet xoldingi bir kechada 3 foiz aksiyasini yo‘qotdi, biroq bu vaqtda esa Apple`ning holatida o‘zgarish bo‘lmadi.

Apple va Alphabet`ni ro‘yxatda Microsoft, Facebook va Exxon Mobil kompaniyalari ta'qib qilmoqda.

Oxirgi marta Google 2010 yilda Apple`dan o‘zib ketgan va ikkala kompaniyaning umumiy qiymati qariyb $200 mlrd.ni tashkil etgandi. O‘shanda Apple hali ilk iPad`ni chiqarmagan, yangi iPhone esa endigina 3GS asosida ishlardi. 2008-2010 yillarda Apple va Google o‘zaro o‘rin almashib turgan.

2012 yilda Apple`da tarixiy yuksalish bo‘ldi. Kompaniya qiymati $180 mlrd.dan $650 mlrd.ga yetdi. 2011 yilda Apple Exxon`ni “quvib” o‘tdi va dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi.

Top