22:51 / 04.02.2016
2171

Yevropa Ittifoqi 2016 yilda Suriya va unga qo‘shni davlatlarga 3 mlrd yevrodan ko‘proq yordam ajratadi

Yevropa Ittifoqi 2016 yilda Suriya va unga qo‘shni davlatlarga 3 mlrd yevrodan ko‘proq moliyaviy yordam ajratadi, deb aytdi Yevropa kengashi raisi Donald Tusk Suriya bo‘yicha donorlik anjumanida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men Yevropa Ittifoqi Suriya, Iordaniya, Turkiya, Livanga 2016 yilda 3 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ taqdim qilishini ma'lum qilishdan xursandman", deb aytdi Tusk.

Tusk YeI 2017 yilda ham shunday miqdordagi moliyalashtirishni amalga oshirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Tuskning aytishicha, Suriyadagi ixtilof boshidan beri YeI uni tartibga solish uchun umumiy hisobda 5 mlrd yevro ajratgan.

Top