19:30 / 04.02.2016
2539

Google dasturlarni yuklashga undovchi soxta tugmalar bor saytlarni bloklashni boshlaydi

Google kompaniyasi foydalanuvchilarni fishing (internet firibgarligining bir turi) va zararli harakatlardan himoya qilish maqsadida Chrome, Firefox va Safari brauzerlarida foydalaniladigan Google Safe Browsing xizmatida kontentlarni bloklashning yangi turini joriy etish haqida e'lon qildi.

Bundan buyon foydalanuvchi zararli dasturlar mavjud saytlarga kirmoqchi bo‘lganida ogohlantiruvchi sahifa ochiladi va ishni to‘laqonli davom ettirish uchun qo‘shimcha dastur yoki plagin o‘rnatilishi kerakligi aytiladi.

Firibgarlik, yolg‘onchilik yo‘li bilan dasturlarni yuklash, brauzerni yangilash va yanada zamonaviysiga almashtirish, musiqa yoki videolarni “ochadigan” pleyerlarni o‘rnatish zarurligi xabari beriladigan saytlar shular toifasiga mansub. Shu vaqtga qadar ko‘plab internet foydalanuvchilari bu kabi saytlarga kirish orqali turli virus, troyan va zararli dasturlarni kompyuter va boshqa elektron qurilmalariga yuklab olishayotgan edi.

Top