16:30 / 04.02.2016
5556

O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi indeksi bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi, jahonda 64- bo‘ldi

Amerikaning The Economist Intelligence Unit tahlil agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi reytingida 64- o‘rinni band qildi. Tahlilchilar dunyoning 109 davlatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetarliligi va ommaviyligini o‘rganib, baholab chiqishdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston sanab o‘tilgan mezonlar ichida “yetarlilik” bo‘yicha eng ko‘p ball olgan. Tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari shunchalik ko‘pki, har bir fuqaro kuniga 39 kilokalloriyadan iste'mol qilish mumkin. Ammo xavfsizlik bo‘yicha 88,5 ball olib, ro‘yxatning 83- pog‘onasini band etdi. “Ommaviylik” mezoni bo‘yicha esa 58,5 ball to‘plab, 57- o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 56, Tojikiston 88- o‘rinda tilga olindi.
Birinchi o‘rin, o‘tgan yildagidek, AQShga nasib qildi. Keyingi o‘rinlarda Singapur, Irlandiya, Avstriya, Niderlandiya, Shveytsariya, Kanada va Germaniya qayd etildi.

Top