20:50 / 05.02.2016
10136

4G internet qaysi davlatda eng tez ekani ma'lum qilindi

OpenSignal kompaniyasi 4G-internet tezligi bo‘yicha jahon davlatlari reytingini e'lon qildi. Singapur eng tez 4G-internetga ega davlat sifatida mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Ushbu mamlakatda LTE-tarmog‘i tezligi 37 Mbit/s ni tashkil etdi.

Yangi Zellandiya ikkinchi (29 Mbit/s), Vengriya uchinchi (28 Mbit/s) o‘rinni band etdi. 

LTE-tarmog‘i qamrovi bo‘yicha esa Janubiy Koreya reytingda yetakchilik qildi – 97 foiz. Gongkong 86 foizlik natija bilan ikkinchi pog‘onani band etdi. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, yuqori natijalar kichik, ammo aholisi zich davlatlarda kuzatilgan.

OpenSignal tahlilchilari ma'lumotlarni ularning mobil ilovasi o‘rnatilgan yuz minglab smartfonlar asosida to‘plashdi. Bunda foydalanuvchi mahalliy operatorning 4G-tarmog‘iga ulanishi talab etiladi.

Top