07:46 / 05.02.2016
3193

Bloomberg: Daniyaning eng yirik energetik kompaniyasi shamol fermasi uchun 6 mlrd dollar sarflaydi

Daniyaning eng yirik energetik kompaniyasi Dong Energy eng yirik shamol qurilmasi ustida ishlashda ancha ildamladi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

"Bu qurilma Buyuk Britaniyaning Yorkshir sohili yaqinida 1,2 GVt energiya ishlab chiqaradi", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, bu loyihaning qiymati 5,7 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Kompaniyada aytilishicha, The Hornsea Project One deb nomlangan bu loyiha kompaniyaning eng qimmatbaho loyihasi bo‘ladi.

Loyihaning sohildagi qismidagi ishlarni darhol boshlash, sohil yaqinidagi ishlarni esa 2018 yildagina boshlash, ilk energiya qurilmalarini 2019 yilda o‘rnatish, barcha ishlarni esa 2020 yilgacha yakunlash rejalashtirmoqda.

Top