20:27 / 05.02.2016
4005

Jizzaxda harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni armiyaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida muddatli harbiy xizmatga otlanayotgan yoshlarning dastlabki guruhini davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va ota-onalar ishtirokida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidentining 2015 yilning 23 dekabridagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda prezident rahnamoligida mamlakati Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida milliy armiya safida xizmat qilish bugungi kunda yoshlar uchun shon-sharaf ishiga aylangani ta'kidlandi.

Kuzatuv marosimida kuy-qo‘shiqlar yangradi. Muddatli harbiy xizmatga yo‘l olgan chaqiriluvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora To‘rayeva so‘zga chiqdi.

Top