10:15 / 05.02.2016
3021

Xitoy Xalq banki bir hafta ichida mamlakat moliyaviy tizimiga 77 mlrd dollar kiritdi

Xitoy Xalq banki (Markaziy banki) joriy haftada mamlakatning iqtisodiyotiga qaytar repo (qimmatbaho qog‘ozlarni belgilangan narxda qayta sotish majburiyati bilan sotib olish) operatsiyalari yordamida 510 mlrd yuan (77 mlrd dollar) kiritdi. Bu haqda bank saytida ma'lum qilindi.

Eng yirik kiritmalar oxirgi ikki kun ichida kuzatildi. 4 va 5 fevralda Xalq banki mos ravishda 28 kunlik muddat, 2,6 foizlik daromad va 14 kunlik muddat, 2,4 foizlik daromad bilan 160 mlrd yuanlik (24,4 mlrd dollar) va 140 mlrd yuanlik (21,3 mlrd dollar) operatsiyalar o‘tkazdi.

O‘tgan haftada Xitoy Xalq banki shunday operatsiyalar yordamida iqtisodiyotga 690 mlrd yuan (105 mlrd dollar) kiritgandi.

Tahlilchilarning fikricha, Xalq banki shu tariqa joriy yilda 8 fevralga to‘g‘ri keluvchi Xitoy Yangi yili ta'tillari arafasida bozorni likvidlilik bilan to‘yintirmoqchi.

Top