23:55 / 06.02.2016
4752

Angliya Premer ligasi, 25-tur: "Liverpul" hisobda 2 to‘p oldinda borayotib, "Sanderlend" ustidan g‘alabani qo‘ldan chiqardi va turning boshqa natijalari

Angliya Premer ligasining 25-turida " Liverpul" o‘z maydonida "Sanderlend" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mersisaydliklar Roberto Firmino (59-daq.) va Adam Lallana (70-daq.) gollari evaziga hisobda 2 to‘p oldinda borayotib, uchrashuv yakunida ikkita to‘pni o‘tkazib yuborishdi. "Sanderlend" safida to‘plarni Adam Jonson (82-daq.) va Jyermeyn Defo (89-daq.) kiritdi.

Angliya Premer-ligasi, 25-tur

Liverpul – Sanderlend – 2:2
Gollar: Firmino, 59 (1:0); Lallana, 70 (2:0); Djonson, 82 (2:1); Defo, 89 (2:2).

Turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi.

Stok Siti – Everton – 0:3
Gollar: Lukaku, 11 (0:1, pen); Koulman, 28 (0:2); Lennon, 42 (0:3).

Nyukasl Yunayted – Vest Bromvich Albion – 1:0
Gollar: Mitrovich, 32 (1:0).

Tottenxem Xotspur – Uotford – 1:0
Gollar: Tripper, 64 (1:0).

Suonsi Siti – Kristal Pelas – 1:1
Gollar: Sigurdsson, 13 (1:0); Dann, 47 (1:1).

Aston Villa – Norvich Siti – 2:0
Gollar: Leskott, 45 (1:0); Agbonlaxor, 51 (2:0).

Manchester Siti – Lester 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Xut, 0:2 – 48 Marez, 0:3 – 60 Xut, 1:3 – 87 Aguero.

Top