10:04 / 06.02.2016
7215

Matiz yanvar oyida Qozog‘istondagi eng ommabop avtomobil bo‘ldi

O‘zbek avtosanoati namunasi bo‘lmish Matiz Qozog‘istonning yanvar oyidagi eng ommabop avtomobili top-5taligida birinchi o‘rinni egalladi

Kolesa.kz nashrining yozishicha, top-5talikka kirgan barcha avtomashinalar MDHda ishlab chiqarilgan. Bittadan nomzod O‘zbekiston va Qozog‘istonda, qolgan 3 tasi Rossiya Federatsiyasida yig‘ilgan.

1. Daewoo Matiz

Ixcham va kamxarj Daewoo Matiz reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Uning avtosalondagi narxi 1 559 000 tanga. Yarim yilgina muqaddam uning bahosi 1 059 000 tanga edi. Shuncha pulga 3,5 metrlik xetchning 51 ot kuchiga ega 0,8 litrlik motor va 5 bosqichli mexanik agregat bilan ta'minlangan versiyasini sotib olish mumkin. Dillerlardagi narxi 1 559 000 dan 2 329 000 tangagacha.

2. LADA Granta


Ommaboplik nisbati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni LADA Granta band etdi. O‘zining arzon narxi bilan qozoq bozoridagi eng mashhur modellar qatoriga kira oldi. Xaridorgirligi bo‘yicha Hyundai Accent keyingi o‘rinda xolos. Sedanning eng oddiy modeli 1 669 000 tangaga sotilmoqda. Bunday avtomobilga 82 ot kuchiga ega 1,6 litrlik motor va 5 bosqichli mexanik agregat o‘rnatilgan. LADA Granta`ning eng qimmat modeli 2 392 000 tanga.

3. Geely CK


Uchinchi o‘rinda Xitoyning Qozog‘istonda yig‘ilga avtomobili — Geely CK. Unga rasmiy dillerlar 1 930 000 tanga baho qo‘yishgan. Sedan 1,3-litr 85 ot kuchiga ega agregat va mexanika bilan ta'minlangan. Geely CK`ning narxi 1 930 000 tangadan 2 250 000 tangagacha sotilmoqda.

4. LADA Kalina


To‘rtinchi pog‘onada yana bir LADA qayd etildi. Bu safar Kalina modeli. Uning «Standart» versiyasi 2 013 000 tangaga baholangan. Imkoniyatlari Granta`ga yaqin: 87 ot kuchiga ega motor va bitta xavsizlik yostiqchasi xizmatingizda. Kalina xetchbekining narxi 2 013 000 tangadan boshlanib, 2 748 000 tangada tugaydi.

5. LADA Priora


Kuchli beshlikni yana LADA yakunlaydi, ya'ni uning Priora modeli. Yaqin vaqtlarda ham bu avtomobil o‘z zavodining bayroqdori edi. Faqat «Granta» uni bu maqomda mahrum qilish arafasida. LADA Priora avtomobilining narxi 2 038 000 tanga. Sedan 16 klapanli 106 ot kuchiga ega, 1,6 litrlik motor, xavfsizlik yostiqchasi, ABS, rul kuchaytirgichi, markaziy zanjir, bortkompyuter va old oynako‘targich bilan ta'minlangan. Boshlang‘ich bahosi 2 038 000 tanga. Eng qimmat modeliga 2 493 000 tanga narx qo‘yilgan.

Top