14:52 / 07.02.2016
7384

AQShda kuchuk bolasi sabab qo‘shnisini otib qo‘ygan 11 yoshli bolaga nisbatan hukm chiqarildi

Tennesi shtatining voyaga yetmagan ishlari bo‘yicha sudi uyining derezasi ostida o‘ynayotgan 8 yoshli qo‘shnisini pompali qurol bilan otib o‘ldirgan 11 yoshli bolani ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Hodisa 2015 yilning 3 oktabr kuni uncha katta bo‘lmagan Uayt Pain shaharchasida sodir bo‘lgan edi. Makkayla Dayer ismli qizaloq o‘z uyining maysazorida dugonasi bilan o‘ynayotgan bo‘lgan. 11 yoshli qo‘shni bola derazadan turib undan kuchuk bolasini ko‘rsatishini so‘raydi. Qiz bunga rad javobini berganidan so‘ng bola otasining pompali quroli bilan qizga qarata o‘q uzgandi.

Sud bolani qotillikda aybdor deb topib, 19 yoshga to‘lguniga qadar shtatdagi voyaga yetmaganlar jazoni ijro etish muassasasida hukmni o‘tash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Tergov materiallarida bolaning ota va bobosi unga qurol bilan muomalada bo‘lishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligini o‘rgatmagani qayd etilgan.

AQShda 5- sinf o‘quvchisi kuchuk bolasi sababli qo‘shni qizni otib tashladi

Top