23:42 / 07.02.2016
5115

"Chelsi" Diyego Kosta goli evaziga "Manchester Yunayted"dan mag‘lubiyatga uchrashdan saqlanib qoldi

Angliya Premer-ligasining 25-turida Londonda "Chelsi" o‘z maydoni "Stemford Brij"da "Manchester Yunayted"ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 durang hisobi bilan yakunlandi.

Mankunianliklar hisobni 61-daqiqada ochishdi: Jyessi Lingard londonliklar darvozasiga aniq zarba yo‘lladi. "MYu" 2012 yildan beri birinchi marta "Chelsi"ni mag‘lub etishiga yaqin turgan edi, biroq g‘alabali hisobni ushlab qololmadi. Uchrashuv oxirida Diyego Kosta Lui van Gal jamoasi darvozasiga to‘p kiritdi.

Uchrashuvdan keyin "Chelsi" 30 ochko bilan 13-o‘rinni, "MYu" 41 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 25-tur
Chelsi – Manchester Yunayted – 1:1
Gollar: Lingard, 61 (0:1); Kosta, 90+1 (1:1).

Top