17:46 / 07.02.2016
9564

Tramp KXDR yetakchisi haqida: Bu savdoyi yigitni mensimaslik to‘g‘ri ish emas

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yetarlicha baho bermaslikning maqbul ish emasligini ma'lum qildi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

“Bu yigit hali yosh, u generallar bilan ishlay oladi, uning otasi vafot etdi va u [ular ustidan] nazoratni saqlab qolmoqda. Nimadir sodir bo‘lmoqda. Bunday yigitga past baho bermang. Unga past baho bermang!” – dedi Tramp 6 fevral kuni Florentsiyada (Janubiy Karolina shtati) bo‘lib o‘tgan mitingda.

Shu bilan birga, siyosatchi Kim Chen In unga yoqmasligini aytib, uni savdoyi bo‘lsa kerak, deya taxmin qildi.

Top