19:51 / 08.02.2016
4864

2015 yil davomida noqonuniy taksichilik qilganlar 19 milliard so‘m jarima to‘lashdi

2015 yil davomida litsenziyasi taksichilik faoliyati bilan shug‘ullangan avtomobil egalari 19,6 milliard so‘m miqdorida jarima to‘lashdi.

Avtomobil va daryo transporti agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilgan 4614 hamkorlikdagi reyd natijasida 28501 qonun buzilishi holati aniqlangan.

20404 bayonnoma asosida avtomobil egalari litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatganligi uchun 19,6 milliard so‘mlik jarima to‘lashlariga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan bir qatorda, Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan lisenzion kelishuv buzilgani munosabati bilan 470 tadbirkorga tegishli 590ta litsenziyaning harakati 10 kun muddatga to‘xtatilgan.

Top