19:41 / 08.02.2016
2146

Obama ma'muriyati Zika virusi bilan kurashish uchun kongressdan 1,8 mlrd dollar so‘ramoqda

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati kongressga Zika virusi bilan kurashish uchun 1,8 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratish iltimosi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Oq uy xabariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Dallas shtatida jinsiy aloqa orqali virus bilan kasallanish qayd etilgan. Bu orada AQShda kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari bu kasallanish holatining aniq sabablari tergov qilinishini ma'lum qilishdi.

Avvalroq Floridaning 4 ta shtatida Zika virusi tufayli favqulodda vaziyat kiritilgani ma'lum bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, Floridada Zika virusi bilan 9 kishi kasallangan. Shifokorlarning fikricha, bu odamlar boshqa davlatlarda bo‘lganda kasallangan.

Shuningdek, AQShlik sportchilar Zika virusi sababli Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlariga borishdan voz kechishlari mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top