17:54 / 09.02.2016
3707

2016 yilning birinchi oyida Rossiyaga Turkiya tovarlari eksporti hajmi 3 barobarga tushib ketdi

2016 yilning birinchi oyida Rossiyaga Turkiya tovarlari eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga tushib ketdi. Bu haqda Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Yanvarda Turkiyaning Rossiyaga eksportining umumiy hajmi uch barobarga tushib ketdi, bundan tashqari, “ko‘rinmas” eksport ham bor – qurilish, turizm, yuk yetkazish – ularning hajmi yiliga 15 mlrd dollarni tashkil qilardi, turizm sohasining o‘zidagina 4.5 mlrd dollar. Bu ko‘rsatkichlar keskin tushib ketadi. Turkiya millionlab rossiyalik turistlardan ayriladi”, - uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Top