15:31 / 10.02.2016
4358

Audi Q2 krossoverining ilk tizeri namoyish etildi

Audi kompaniyasi yangi model –Q2 ixcham krossoverining birinchi tizerini ommalashtirdi. Suratda katta modellar – Q5, Q7, Q3 va ularning yonida bitta bo‘sh joy ko‘rsatilgan. Premeraning aniq sanasi ma'lum emas, ammo tizerda “tez orada” deb yozilgan. Taxmin qilinishcha, mashina mart oyining boshida Jyeneva avtosalonida namoyish etiladi.

O‘tgan yil dekabrida Audi yangi ixcham krossover Q2 deb atalishini tasdiqladi. Ilgariroq matbuotda model Junior deb atalishi yozilgandi, negaki Q2 va Q4 savo belgilarining huquqlari Fiat konserniga tegishli edi. 2016 yil yanvarida Italiya avtomobilsozlari germaniyalik hamkasblariga bu nomlardan foydalanishga ruxsat berishdi.

Audi Q2 Volkswagen konsernining MQB modul platformasi negizida quriladi. Avtomobil A1 xetchbeki bilan bir xil motor gammasiga ega bo‘ladi: 140 va 230 ot kuchiga ega benzinli va dizelli motorlar. Krossover ham orqa, ham old uzatmali versiyalarda sotuvga chiqariladi.

Top