08:42 / 10.02.2016
3123

General Motors tormozdagi nosozlik tufayli 470 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda

AQShning General Motors konserni tormozdagi nosozlik tufayli 470 mingta avtomobilini ortga qaytarib olmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, AQShda 426 ming 573 ta 2015-2016 yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Silverado HD, GMC Sierra HD va Chevrolet Tahoe mashinalari qaytarib olinmoqda. Shuningdek, Kanadada 46 ming 837 ta Chevrolet Tahoe qaytarib olinadi.

GM’da ma'lum qilinishicha, bu mashinalarda tormoz tepkisi nuqsoni kuzatilishi mumkin, bu nosozlik tufayli tepki bosishga keragicha javob bermaydi yoki umuman ishlamay qolishi mumkin. Kontsern bu nosozlik qandaydir avtofalokatlarga olib kelgani haqida ma'lumotlarga ega emas.

Avtomobillar texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalariga qaytariladi va u yerda zaruriyat bo‘lsa, ta'mirlash o‘tkaziladi.

Top