15:07 / 11.02.2016
6393

KXDRdagi telekanal sun'iy yo‘ldosh uchirishga tayyorgarlik jarayoni tasvirlarini namoyish etdi

KXDR markaziy televideniye mamlakatning yerga sun'iy yo‘ldosh yetkazib beruvchi raketaning uchirishga tayyorgarlik jarayonini namoyish etdi. Mazkur jarayon tasvirlarini Yaponiyaning NHK telekanali taqdim qilgan.

Unda koreyscha «Kvanmyonson» deb yozilgan raketaning havoda harakatlanish jarayonlari tasvirlangan. Shuningdek mazkur video raketaning yaqin planidan ham ko‘rinishini suratga olgan.

Syujyetda shuningdek KXDR yetakchisi Kim Chen In sinov o‘tkazilayotgan poligonga tashrif buyurgani tasvirlangan. Mazkur tashrifning sanasi aniq ko‘rsatilmagan.

Bundan tashqari, unda raketaning harakatlanish tizimi ham aniq tasvirlarda ko‘rsatilgan.

Top