15:16 / 11.02.2016
5159

Rossiyalik siyosatchi Kasyanovga tortlar bilan hujum uyushtirildi

YouTube’da joylashtirilgan videorolikda noma'lum shaxslar PARNAS partiyasi yetakchisi Mixail Kasyanovga tort uloqtirganini ko‘rish mumkin.

Voqea seshanba kuni Moskva markazidagi restoranlaridan birida sodir bo‘ldi. Kasyanovning so‘zlariga qaraganda, muassasaga bir guruh kishi kirib, ikki nafari siyosatchiga yaqinlashgan. Ulardan biri Kasyanovga tahdid qilgan, so‘ng uning yuziga tort uloqtirgan.

PARNAS yetakchisi politsiyaga arz qilganidan darak berdi.

Top