15:56 / 12.02.2016
2710

Facebook kompaniyasi Messenger ilovasi Sms-xabarlarni qo‘llab-quvvatlay boshlaydi

Facebook Sms-xabarlar yuborishni o‘z messenjeriga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda, shuningdek, bir ilovada bir qancha akkauntda ishlash imkoniyati tug‘iladi. Bu haqda TechCrunch portali xabar bermoqda.

Funktsiya foydalanuvchilarga smartfonning Sms uchun standart ilovasidan voz kechib, to‘laligicha Messenger ilovasiga o‘tish imkoniyatini yaratib beradi. Android Police portalining ayrim foydalanuvchilari bu xizmat allaqachon ishga tushganini xabar berishdi. Sozlamalar menyusida “Sms” punkti paydo bo‘lgan, optsiya ilovada faollashtirilsa, u binafsha tusga kiradi.

Top