12:11 / 12.02.2016
7358

Internetda «Betmen Supermenga qarshi» filmining yakuniy treyleri paydo bo‘ldi

Warner Bros. YouTube portali orqali «Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida» (Batman v Superman: Dawn of Justice) filmining yakuniy treylerini namoyish qildi. Bu haqda Batman News resursi ma'lum qilgan.

Hisob bo‘yicha filmning to‘rtinchi promoroligi hisoblanuvchi bu treylerda asosan Ben Afflek ijro etgan qahramon Betmenning harakatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, lavhalardan birida Gal Gadot ijro etgan Mo‘'jiza ayol ovozi eshitiladi.

Rolikda shuningdek, Jyeffri Din Morgan, Emi Adams, Jyessi Ayzenberg (Leks Lyutor), Jyeremi Ayrons (Alfred), Jyeyson Momoa (Akvamen), Ezra Miller (Flesh) va Rey Fisher (Kiborg) ishtirok etadi.

Supermenni esa Genri Kavill ijro etadi.

Film kino ishlab chiqarish tarixidagi eng qimmat kino nomi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Ikki super qahramonning bir-biriga qarshi kurashi haqidagi film premerasi 2016 yilning 24 martida bo‘lib o‘tadi.

Warner Bros. kinostudiyasi «Betmen Supermenga qarshi: Tongdagi adolat» filmining qisqa mundarijasini taqdim etdi

“Betmen Supermenga qarshi” filmi kino tarixidagi eng qimmat film bo‘ladi

“Betmen Supermenga qarshi” filmining treyleri namoyish qilindi

«Betmen Supermenga qarshi» filmining yangi treyleri chiqdi (video)

Top