19:57 / 12.02.2016
7948

Istanbul markazida besh qavatli bino qulab tushdi

Turkiyaning Istanbul shahri markazida besh qavatli bino qulagan. Bu haqda Hurriyet nashri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, bu bino Taqsim maydoniga eltuvchi ko‘chada joylashgan bo‘lib, bu vaqtda binoda hech kim bo‘lmagan. Lekin uning yonida kafe joylashgan va bu qulash binodan tashqaridagi odamlarga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Istanbul gubernatori Vosip Shaxin va tuman rahbari Beyo‘g‘li Misbah Temirkanlarning ma'lumotlarida bu hodisa natijasida jabrlanganlar bo‘lmagani aytilgan.

Mahalliy nashrlarda Istanbul markazidagi bu bino avariya holatida bo‘lganligi va undagi odamlar allaqachon boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilganligi ta'kidlangan.

Top