18:31 / 12.02.2016
5446

Ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Londondagi universitet kolleji olimlari raqamli ma'lumotlar uzatish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Yangi rekord sekundiga 1.125 terabitni tashkil qildi. Bu haqdagi material Scientific Reports jurnalida chop etildi.

“Bu Buyuk Britaniya yuqori tezlikdagi tarmoqlarning uzatish tezligidan (24 megabit/sekund) 50 ming marotaba tezroqdir. Masalan, biz erishgan tezlik “Taxtlar o‘yini” serialining har bir HD-seriyasini 1 sekundda yuklash imkonini beradi”, - deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu tezlikka axborotni optik signallarga o‘tkazishning maxsus tizimi yordamida erishilgan. Tajriba davomida olimlar uzatuvchi va qabul qiluvchi uskunalarni bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan.

Top