11:30 / 12.02.2016
2548

Sky Sports: «MYu» van Gaalning ishidan qoniqmoqda, Mourino bilan shartnoma tuzilishi haqidagi gaplar bevaqt paydo bo‘ldi

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Lui van Gaalning faoliyatidan qoniqmoqda.

Jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord 64 yoshli gollandiyalik mutaxassis bilan jamoani kelgusida rivojlantirishning turli variantlarini ko‘rib chiqqan.

Sky Sports nashrining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoni taklif etish to‘g‘risidagi xabarlar esa bevaqt paydo bo‘ldi.

Bundan oldinroq, Buyuk Britaniyadagi bir qator nashrlar manchesterliklar Mourino bilan 3 yillik shartnoma tuzishga kelishib olgani va unga yiliga 20 mln yevro maosh to‘lashi haqida xabar tarqatgandi. Shuningdek, Mourino o‘zi bilan «Manchester Yunayted»ga «Atletiko» sport direktori Andrea Bertuni olib bormoqchiligi ham aytilgandi.

Top