14:50 / 12.02.2016
4440

Xitoy g‘arbida arxeologlar 1700 yil oldin tayyorlangan 3ta chuchvara topib olishdi

Xitoylik arxeologlar milliy taom bo‘lmish "tszyaotszi" - chuchvaralari mamlakat g‘arbidagi hududda 17 asr oldin tayyorlana boshlanganini ma'lum qilishdi.

"Sinxua" agentligi xabariga ko‘ra, tadqiqotchilar Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi Turfan okrugidan noyob topilmani aniqlashgan. Arxeologlar yuz yillardan beri yer yuzasida yotgan 3 dona chuchvarani topishgan. Mutaxassislar ularning yoshi 1700 yil ekanini aytishgan.

Taxmin qilinishicha, bu chuchvaralar milodiy 3-7 asrlar davomida hukmronlik qilgan Uch qirollik davridagi Vey sulolasi (220-280 yillar), Tszin sulolasi (265-420 yy) yoki Shimoliy va Janubiy sulolalar (420-589 yy) davridan birida tayyorlangan.

Bundan tashqari, arxeologlar Turfanda Tan sulolasi davriga (618-907 yillar) mansub chuchvaralarni ham topishgan. Bu "tszyaotszi"lar juda yaxshi saqlangani, bug‘doy unidan qorilgan xamir va go‘shtdan tayyorlanganini qayd etishgan. Har bir chuchvara uzunligi 5 sm, kengligi 1,5 sm, shakli oyni o‘xshatadi.

Arxeologlar o‘z topilmalari Xitoydagi pazandachilik an'analari sharqdan ko‘ra g‘arbida ertaroq rivojlana boshlanganini isbotlashini iddao etishmoqda.

Zamonaviy xitoyliklar "tszyaotszilar"ni juda xush ko‘rishadi. Bunday chuchvaralar Min sulolasi davridagi (1368-1644 yillar) oltin yombilarini eslatishi tufayli ular Yangi yil dasturxonidagi asosiy taomlardan biri sifatida (boylik va farovonlik ramzi) tortiladi.

Top