09:05 / 13.02.2016
2698

AQSh Markaziy razvedka xizmati direktorining akkauntini buzishda o‘smir gumon qilinmoqda

Buyuk Britaniyada AQSh Markaziy razvedka xizmati direktori Jon Brennonning akkauntini buzishda gumon qilinayotgan o‘smir hibsga olindi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

O‘smirning ismi oshkor qilinmayapti. Aynan u Cracka laqabi ostida berkingan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘smir buni inkor etmoqda.

Ayni vaqtda o‘smir garov puli evaziga qo‘yib yuborildi, chunki uning yoshi tufayli unga qanday ayblovlar qo‘yilishi aniqlashtirilmadi.

AQShlik amaldorlardan birining aytishicha, MRBning kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari xaker qanday qilib yashirincha buzishni amalga oshirib, "izlarni yo‘qotishga" muvaffaq bo‘lganidan hayratlanishmoqda.

Top