00:42 / 14.02.2016
6228

Angliya chempionati, 26-tur: "Chelsi" "Nyukasl"ni tor-mor etdi va turning qolgan natijalari

"Chelsi" Angliya chempionatining 26-turida o‘z maydonida "Nyukasl"ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. Moskvaning "TsSKA" klubining sobiq hujumchisi Seydu Dumbiya "Nyukasl" safida o‘yinning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va bu uning Angliya Premer-Ligasidagi debyuti bo‘ldi.

Mezbonlar safida Pedro dubl qayd qildi, Diyego Kosta, Villian va Bertran Traore bittadan to‘p urishdi. Mehmonlarning yagona to‘pini Endros Taunsend kiritdi.

Ayni vaqtda "Chelsi" 33 ochko to‘plab, 12-o‘rinni egallamoqda. "Nyukasl" esa 24 ochko bilan 18-o‘rindan joy oldi.

Angliya Premer-ligasi. 26-tur

Chelsi – Nyukasl Yunayted – 5:1
Gollar: Kosta, 5 (1:0); Rodriges, 9 (2:0); Villian, 17 (3:0); Rodriges, 59 (4:0); Traore, 83 (5:0); Taunsend, 90 (5:1).

Turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi.

Suonsi Siti – Sautgempton – 0:1
Gol: Long, 69 (0:1).

Everton – Vest Bromvich Albion– 0:1
Gol: Rondon, 14 (0:1).

Bornmut – Stok Siti – 1:3
Gollar: Imbula Vanga, 9 (0:1); Afellay, 52 (0:2); Xoselu, 55 (0:3); Ritchi, 57 (1:3).

Norvich Siti – Vest Xem Yunayted – 2:2
Gollar: Breydi, 54 (1:0); Xulaxan, 65 (2:0); Payyet, 74 (2:1); Noubl, 76 (2:2).

Kristal Pelas – Uotford – 1:2
Gollar: Dini, 16 (0:1, pen); Adebayor, 45 (1:1); Dini, 82 (1:2).
Chetlatish: Suare, 90+4 (Kristal Pelas).

Top